Pokistonda ko‘mir konining o‘pirilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Pokiston g‘arbidagi Belujiston viloyatida ko‘mir konining o‘pirilishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Ko‘mir konida portlash sodir bo‘lgan. Portlashning sababi hanuz noma’lum. Portlash tufayli kon o‘pirilgan. Shu paytda konda 13 kishi bo‘lgan. Konlar bo‘yicha bosh inspektor Iftixor Ahmadning aytishicha, hozirgacha yetti kishining halok bo‘lgani haqidagi xabarlar tasdiqlangan.
Ayni damda portlash sabablari o‘rganilmoqda. Shu bilan birga konda qolgan 6 kishini qidirish ishlari ham olib borilmoqda. Ularning taqdiri hozircha noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter