Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokiston va Hindiston o‘rtasida eng asosiy muammo nima?

Pokiston va Hindiston o‘rtasida eng asosiy muammo nima?

Foto: «Russian.rt.com»

Pokiston hukumati Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘z vakolat davrida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashiga umid qilmoqda. Bu haqda Pokiston bosh vaziri Imron Xon «RIA Novosti»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Bizning Hindiston bilan o‘rtamizdagi eng asosiy ziddiyat — Kashmir. Agarda ikki mamlakat rahbarlari uning yechimini topishsa ... masala hal bo‘lishi mumkin», — dedi Imron Xon.

Pokiston rahbari bu yo‘nalishda Hindiston hukumati tomonidan jiddiy siljish bo‘lmaganini ham qo‘shimcha qildi.

Qo‘shni mamlakat tashqi ishlar vazirligi agarda Islomobod Hindiston bilan munosabatlarini yaxshilamoqchi bo‘lsa Hindistonga qarshi kuchlarga qarshi chora qo‘llashi shartligi haqida 9-iyun kuni bayonot bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring