Hindistonda qariyb 400 million kishi karantinga olindi
Hindistonda bir necha yuz million kishi yana karantinga olindi. Mamlakatda kasallikni yuqtirish holatlari keskin ko‘paymoqda, deya xabar berdi «The Times».
Nashrning ta’kidlashicha, jami 375 million kishi karantinga olinishi mumkin: ayrim shtat va shaharlarda yana pandemiyaga qarshi kurash choralari joriy etilmoqda. Masalan, Hindiston shimolidagi Bixar shtatida hukumat aholini 15 kunlik karantinga olmoqchi. U yerda oxirgi uch kun ichida minglab kasallanish holatlari qayd etilgan.
Bundan tashqari, Hindiston janubidagi aholisi sakkiz milliondan ortiq bo‘lgan Bangalor shahri ham bir haftalik karantinga olinadi. Iyulning boshida yuqtirish holati birdan ko‘payib ketib, 20 ming kishiga yetgan.
«Daily Mail»ning xabariga ko‘ra, kasallanishning keskin ko‘payishiga hukumatning xatti-harakati sabab bo‘lgan: iyunda mamlakatda cheklovlar sekin-asta olib tashlana boshlangan.
Hindiston kasallanishlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqqan — «Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, 937844 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 24327 nafari vafot etgan.
Yangi tipdagi koronavirus chaqirgan COVID-19 pnevmoniyasi tarqalishi ilk bor 2019-yilda Xitoyning Uxan shahrida qayd etildi. 11-mart kuni JSST vaziyatni hisobga olib pandemiyani e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter