Pnevmoniya bilan kurashayotgan jami bemorlar soni ma’lum qilindi
Shu yilning 5 iyulidan boshlab yurtimizda koronavirusdan kasallanish holatlari bilan birga pnevmoniya aniqlangan bemorlar haqida ham ma’lumot berib borilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati yurtimizda pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlar haqida ma’lumotlar aks etgan jadvalni taqdim qildi.
Unga ko‘ra, 5 iyuldan bugunga qadar 7 996 nafar bemorlarda pnevmoniya aniqlangan bo‘lsa, ularning 2 503 nafari sog‘ayib chiqdi.
Eng ko‘p pnevmoniya holatlari Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Jizzax va Qoraqalpog‘istonga to‘g‘ri keladi.
Pnevmoniyaga chalinganlar orasida vafot etganlar soni ochiqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter