«ToshMI»ning Urganch filiali talabasi pnevmoniyadan vafot etdi
2023-yilning 2-dekabr kuni, soat 12:00 lar atrofida Toshkent tibbiyot akademiyasi (eski ToshMI) Urganch filiali Davolash fakultetining 1-bosqich talabasi A.Sh. o‘tkir zotiljam (pnevmoniya) asoratlari bilan vafot etdi.
O‘quv muassasasi ma’muriyatining bildirishicha, u shu kunga qadar ushbu kasallik bilan kurashib, davo choralarini olib kelgan. Biroq tez tibbiy yordam shifokorlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, vafot etgan.
«Tegishli idora va vazirliklarga ma’lumotlar yetkazilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Xulosalar aniq bo‘lganidan keyin qo‘shimcha ma’lumot beriladi», – deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter