SSV 20 kunda koronavirus va pnevmoniyadan qurbon bo‘lganlar sonini ochiqladi
Yurtimizda 1-20-sentyabr kunlari koronavirusdan 109 nafar, pnevmoniyadan esa 43 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
2021-yil 20-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 169467 (+529) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
8 nafari Andijon viloyatida,
5 nafari Buxoro viloyatida,
12 nafari Jizzax viloyatida,
6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
2 nafari Navoiy viloyatida,
7 nafari Namangan viloyatida,
38 nafari Samarqand viloyatida,
13 nafari Sirdaryo viloyatida,
19 nafari Surxondaryo viloyatida,
33 nafari Farg‘ona viloyatida,
19 nafari Xorazm viloyatida,
114 nafari Toshkent viloyatida,
253 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1197 nafarni tashkil qildi.
4 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 26356 nafarga yetdi. Kecha ularning 381 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 23138 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 217 nafarga yetdi.
Yuqoridagi jadvalda pnevmoniya qayd etilishi va ushbu kasallikdan sog‘ayish ko‘rsatkichlari viloyatlar kesimida keltirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter