Piyodalarni urib yuborgan haydovchi qochib ketdi
2021-yil 19-mart kuni soat 15:20larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar I.Karimov ko‘chasida joylashgan «Samsung» savdo markazi ro‘parasida «Cobalt» rusumli avtomobil haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan D.B. va M.B.larni urib yuborib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmasdan hodisa joyidan ketib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Piyodalar B.D. va M.B.lar yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.
Qarshi shahar IIO FMB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib «Cobalt» avtomobili haydovchisi aniqlangan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar to‘planib Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborilgan.
Sud tomonidan haydovchi Sh.N. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 133 (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi) va 137-moddalari (yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deya topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter