Piskent tumanida to‘rtta sektorga yangi rahbarlar tayinlandi
Ayni paytda Toshkent viloyati Piskent tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, sessiyada Rixsiyev Rahimjon Mirkadirovich Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Rahimjon Rixsiyev Toshkent viloyati hokimining yordamchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Piskent tumani prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham lavozimidan ozod etilib, yangi tarkibda ish boshlagan sektor rahbarlari tanishtirilmoqda.
Piskent tumanining yangi to‘rtligi:
Rixsiyev Rahimjon Mirqodirovich - Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi
Jo‘rayev Alisher Ashuraliyevich - tuman prokurori
Miliyev Shuhrat Akmalovich - tuman IIB boshlig‘i
Sayfiyev Jasur Ravshanovich - DSI boshlig‘i.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter