Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MChJ rahbari va sobiq bank boshqaruvchisi 9 mlrd so‘mni «tuya qildi»

MChJ rahbari va sobiq bank boshqaruvchisi 9 mlrd so‘mni «tuya qildi»

Piskent tumanida 9 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirgan MChJ rahbari va sobiq bank boshqaruvchisi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan «Mikrokreditbank» ATB Piskent filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Kh.S.» va «A-B.» MChJlar rahbari N.S. va boshqalar ushbu bank filiali sobiq boshqaruvchisi R.M. bilan o‘zaro til biriktirib, boshqa bank filialida garovga qo‘yilgan mulklarni qalbaki hujjatlar asosida takroran garovga qo‘yish orqali tadbirkorlik va chorvachilik faoliyatini rivojlantirish uchun jami 9 mlrd so‘m kredit ajratilishiga erishib, mazkur mablag‘larni «P.» MChJga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 28, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring