Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pichoq ko‘tarib IIB xodimlarini quvlagan mahkumga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Pichoq ko‘tarib IIB xodimlarini quvlagan mahkumga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Toshkent shahri Yangihayot tumanida IIB profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilgan mahkum va boshqalar jinoiy javobgarlikka tortiladigan bo‘ldi. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-kismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15-avgust kuni probatsiya ro‘yxatida turuvchi ushbu fuqaro mast holatida IIB xodimlariga pichoq bilan tahdid qilgan va ularni quvlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring