Peru prezidenti impichmentdan qochib, iste’foga chiqdi
Peru prezidenti Pedro Pablo Kuchinski mamlakatning bir palatali parlamenti — Kongresga iste’foga chiqqanini ma’lum qilgan. Bu haqda «Reyters» agentligi xabar berdi.
Janob Kuchinski Braziliya qurilish konsorsiumi «Odebrecht»dan pora olganlikda ayblanmoqda. O‘tgan yili ham u iste’fo bergandi, lekin kongress buni qabul qilmagandi. Mutaxassislar unga nisbatan impichment qo‘llanilishiga ishonishayotgandi.
Lekin Kuchinskining impichmenti Lotin Amerikasi davlatlari orasida uchinchisi bo‘lishi mumkin edi. 2012-yilda Paragvay prezidenti Fernando Lugo, 2016-yilda esa Braziliya prezidenti Dilma Russefga nisbatan impichment qo‘llanilib, ular uzoq muddatga prezidentlikdan mahrum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter