Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Perevod»da nima o‘zgarishlar bo‘ladi?

«Perevod»da nima o‘zgarishlar bo‘ladi?

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov yoshlar bilan uchrashuvda o‘qishni ko‘chirish masalasida bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida ayrim ma’lumotlarni aytib o‘tdi.

Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining kanalida xabar berdi.

Jumladan, sohadagi korrupsiyaning oldini olish maqsadida:

Birinchidan, xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkaziladigan imtihonda Davlat test markazi tomonidan test olinadigan bo‘ldi.

Ilgari Oliy ta’lim vazirligining ba’zasi orqali test qilinardi va bu ishonchsizlikka sabab bo‘lardi. Bundan maqsad — yanada shaffoflikni ta’minlash.

Ikkinchidan, o‘qishi ko‘chirilayotgan yo‘nalishdagi o‘tish bali qo‘yiladi, oddiy kontrakt uchun 4 balli shkala ham bo‘ladi, super-kontraktlar ham ularga amal qiladi.

Ilgari xorijdan ko‘chirishda deyarli barcha yo‘nalishlarda 56 ball talabi qo‘yilardi. Sanoqli yo‘nalishlardagina 100 yoki boshqa ballar belgilanardi. Bu esa ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lardi. Kimlardir qiynalib, 140-150 ball bilan o‘qishga kirardi-yu, kimlardir qo‘shni davlatga yoki borib, yoki bormay, 56 ball bilan ikkinchi kursdan talaba bo‘lardi. Ya’ni maqsad xorijda ilm va ta’lim olish emas, shunchaki keyingi yili o‘qishni ko‘chirish edi. Ko‘plab firmalarning va’dalariga ishonib, aldanib qolganlar ham juda ko‘p.

Xorijdan o‘qishni ko‘chirishga oid ko‘p bora gapirgan inson sifatida ikkala o‘zgarishni ham to‘liq qo‘llab-quvvatlayman!, deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring