«Bu sharmandali holat» — Pentagon mayori AQSh Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun iste’foga chiqdi
AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) qoshidagi Mudofaa razvedka boshqarmasi mayori o‘z mamlakati Isroilning G‘azoga hujumlarini «shartsiz» qo‘llab-quvvatlagani uchun iste’foga chiqdi.
Mayor Xarrison Mann o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidagi postida iste’foga chiqishini e’lon qildi.
AQShning G‘azoga hujumlarida Isroilni qo‘llab-quvvatlaganiga ishora qilgan Mann, bu siyosat G‘azoda «o‘n minglab begunoh falastinliklarning o‘ldirilishi va ochlikdan nobud bo‘layotgani»ni ta’kidlaydi.
Manning so‘zlariga ko‘ra, hamkasblari Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘zini «o‘zga koinotda yashayotgandek his qilgan». Qo‘shimcha qilishicha, «bu so‘zsiz qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kengroq urush xavfi kuchayishini rag‘batlantiradi».
AQSh armiyasida 13 yil xizmat qilgan, Yaqin Sharqda razvedka bo‘yicha tahlilchi bo‘lib ishlagan yahudiy millatiga mansub Mann so‘nggi voqealardan hayratda ekanini aytadi.
«Bu aql bovar qilmaydigan sharmandali holat», — deydi Mann o‘z postida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 25 yoshli AQSh harbiy-havo kuchlari zobiti Vashingtondagi Isroil elchixonasi oldida «Men genotsid jinoyatida ishtirok etmayman», deya e’lon qilib, o‘ziga o‘t qo‘ygandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter