Pensiyani plastikda oluvchilarga qo‘shimcha pul to‘lanadi
Prezident tomonidan «Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.
Unga ko‘ra, 2022-yil 1-maydan boshlab:
a) «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga va oilalarga tegishli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan moddiy yordamlar, mehnat organlari tomonidan to‘lanadigan ishsizlik nafaqasi va stipendiyalar hamda jazoni o‘tab ozodlikka chiqqan fuqarolarga to‘lanadigan moddiy yordam pullari (keyingi o‘rinlarda – moddiy yordam pullari) har oyning 5-sanasiga qadar moliyalashtiriladi hamda pensiya va nafaqalar bilan bir vaqtda AT «Xalq banki»ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi;
- AT «Xalq banki»ning sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini fuqarolarga naqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun 1 foiz miqdorda bankka xizmat haqi to‘lab beriladi. Bunda, AT «Xalq banki» zimmasiga sayyor kassalar orqali mahalla fuqarolar yig‘inlariga borgan holda pensiya va nafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablag‘larini ularning xohishlariga ko‘ra naqd pulga almashtirib berish vazifasi yuklatiladi;
- barcha turdagi davlat pensiyalarini, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan to‘lanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni hamda kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini (keyingi o‘rinlarda – pensiya va nafaqalar) bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi. Bunda, fuqarolarning roziligi bilan pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga o‘tkazish asosida hujjatlarni qog‘oz shaklida yuritishdan voz kechiladi;
b) 2022-yil 1-sentyabrga qadar harbiylashtirilgan tizim pensiyalarini hisoblash va ularning to‘lov hisob-kitoblari tizimini tegishli vazirlik va idoralar tomonidan avtomatlashtirish orqali xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida pensiya varaqalarini yuritish amaliyoti bekor qilinadi.
3. AT «Xalq banki» (Sh.X.Atabayev):
- Markaziy bank (B.E.Zaxidov) bilan birgalikda aholini bankomatlar bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida 2022-yilning 1-oktyabriga qadar xorijdan 1 800 ta bankomat olib kelgan holda, ularning hududlar, shu jumladan, olis tumanlarda o‘rnatilishini ta’minlaydi;
- 2022-yil yakuniga qadar pensiya va nafaqa oluvchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida ularning mablag‘larini masofadan boshqarish imkonini beruvchi bankning yangi mobil ilovasini ishlab chiqadi;
Adliya vazirligi tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni bankning mobil ilovasi orqali amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter