Farzandim yetti yildan buyon chet elda ishlayapti. Pensiya yoshiga yetganida chet eldagi ish staji ham hisobga olinadimi?
Chet elda yollangan holda ishlayotgan fuqarolar o‘sha davlatda ishlagan har bir oyi uchun mamlakatimiz pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini ixtiyoriy ravishda to‘lashi mumkin.
Bunda u qancha miqdorda pensiya olishni istashidan kelib chiqib, sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda belgilashga haqli. Ushbu sug‘urta to‘lovlari pensiya summasi miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi.
Badallar milliy valyutada, farzandingiz doimiy yashash joyi bo‘yicha soliq organlariga xizmat ko‘rsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamg‘armasining tegishli daromad tranzit hisobraqamlariga to‘lanadi.
Badallar har oyda yoki har chorakda yoxud biryo‘la — davlatimizga qaytgan kundan boshlab uch oy mobaynida to‘lanishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qaroriga ko‘ra, chet elda yollangan holda ishlagan shaxs vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kelgandan so‘ng uch kun muddatda pasportidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tgani to‘g‘risidagi yozuvlar asosida Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash va mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlarni kiritish uchun asos hisoblanadigan belgilangan shakldagi chet el davlati va u yerda bo‘lgan vaqti to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
Fuqaroning xorijda bo‘lish davri, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning boshqa davlatda bo‘lgan vaqti va konsullik hisobiga qo‘yilgani ma’lumoti ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida ham tasdiqlanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter