«Pegasus» O‘zbekistonda loukoster aviakompaniyasini tashkil etishga tayyor
Jahonga mashhur «Pegasus» aviakompaniyasi loukosterlik yo‘nalishida bir necha davlatlarda faoliyat yuritib keladi. Turizm rivojlanishida muhim o‘rin tutadigan loukoster aviakompaniyalarining xizmatlaridan asosan sayyohlar foydalanadi.
«Pegasus» O‘zbekistonda ham loukoster aviakompaniyasini tashkil etish niyatida. Bu haqda «Pegasus» aviakompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ali Sabanji va aviakompaniya prezidenti Mehmet Nanelar Global tadbirkorlik kongressida ishtirok etayotgan O‘zbekiston innovatsuion rivojlanish vazirligi vakillari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilishdi.
Suhbat davomida Ali Sabanji tarixi boy, diqqatga sazovor joylari bisyor bo‘lgan O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish borasida o‘z takliflarini berdi. Shuningdek, O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari «Pegasus» rahbariyatini O‘zbekistonga taklif etar ekan, tegishlik vazirlik va tashkilotlar bilan uchrashuvlar tashkil etishda ko‘maklashish, biznes-takliflarni hayotga tatbiq etish borasida hamkorlikka tayyorliklarini bayon qilishdi.
Uchrashuv davomida «Pegasus» aviakompaniyasi rahbarlari O‘zbekistonda turizm va aviakompaniyalar rivoji uchun strategiya ishlab chiqish zarurligini va unda faol ishtirok etishlarini mumkinligini bildirishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter