Josuslik dasturi tufayli razvedka rahbari ishdan ketdi — Ispaniya
Ispaniya milliy razvedka markazining rahbari Pas Esteban lavozimidan olindi.
«Seksta» telekanali xabariga ko‘ra, Ispaniya ommaviy axborot vositalari Kataloniya mustaqilligining 60 dan ortiq taniqli tarafdorlari, xususan, Kataloniya jeneraliteti prezidenti Pere Aragones «Pegasus» josuslik dasturi orqali kuzatilgani to‘g‘risida yozgan.
Qolaversa, «Pegasus» vositasida Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches hamda mudofaa vaziri Margarita Roblesni kuzatishga urinishgan.
2020-yildan beri milliy razvedkani boshqarayotgan Pas Esteban ushbu lavozimga tayinlangan ilk ayol kishi edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter