«Paxtakor» shifokori samolyotda yo‘lovchining hayotini saqlab qoldi
Toshkentning «Paxtakor» jamoasi shifokori Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi reys bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyotda yo‘lovchining hayotini saqlab qolinishiga sababchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, bortda yo‘lovchi o‘zini juda yomon his qilgan. Bu vaqtda «Paxtakor» jamoasi a’zolari Osiyo chempionlar ligasi doirasida «Al Ayn»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib, Toshkentga qaytayotgan edi.
«Shifokorimiz Umid Bahromovning tezkor harakatlari bilan bemor o‘ziga keldi. Aks holda samolyot boshqa shaharga qo‘nishi kerak bo‘lardi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida «Paxtakor» BAAning «Al-Ayn» jamoasiga qarshi o‘yinda 0:1 hisobida ortda borayotib, hisobni 1:3 ga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter