Pastdarg‘omdagi bog‘chada ayol kishi pichoqlanib, yoqib yuborildi

Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida jinsiy aloqa qilish uchun keltirilgan ayollardan biri o‘ldirib, yoqib yuborildi. Bu haqda Milliy telekanali efirida ma’lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 6 yanvar kuni kechasi soat 23:00 larda Pastdarg‘om tumani «Istiqbol» MFYda yashovchi uch nafar yigit jinsiy aloqa qilish maqsadida ikki nafar ayolni shu MFYdagi eski bog‘chaga olib kelishgan.
Natijada, yigitlar va ayollar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan hamda yigitlardan biri ayollardan biriga pichoq urgan. Ikkinchi ayol voqea joyidan qochib ketgan. Ayol hozirda Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasiga orqa chap tomon sohasiga sanchilib-kesilgan jarohat bilan yotqizilgan. Hozirda IIB xodimlari tomonidan nazoratga olingan xonada davolanmoqda.
«Kechasi soat 12 atrofida yigitlar ikki nafar yengiltabiat ayollarni jinsiy aloqa qilish maqsadida olib kelishgan. Keyinchalik o‘zaro kelisholmay qolishgan, ayollardan biri og‘ir tan jarohati olgan. Ikkinchisi qochib ketgan. E’tiborsizlik qilganmiz. Bog‘chadagi qorovul ham e’tiborsiz bo‘lgan. Men yoki «uchastkovoy» har kuni kechasi soat 12 da yurolmaymizda. Aynan shu kuni profilaktika inspektorimiz shu bog‘chaga kelib tekshirib ketgandi», — deydi MFY raisi.
Pichoqlangan ayol hodisa joyida vafot etgan. Shundan so‘ng, yigitlar jasadni tumandagi dala maydoniga olib borib, yoqib yuborishgan.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, voqea ishtirokchilaridan .N. va M.T.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2 qismi «p» bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter