Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pashinyan Qorabog‘ Ozarbayjonga tegishli ekanini aytdi

Pashinyan Qorabog‘ Ozarbayjonga tegishli ekanini aytdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan respublika hukumati Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishini aytdi.

Bu haqda u Amerikaning Politico nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Materialda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasi rahbari shu tariqa Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mintaqadagi vaziyatga oid so‘nggi bayonotini izohlagan. Rossiya yetakchisiga ko‘ra, Yerevan Qorabog‘ni Ozarbayjon hududi sifatida tan olish qaroridan keyin Moskva bu muammoni hal qila olmaydi.

«Pashinyan Politico nashriga bergan intervyusida bu pozitsiyasini yana bir bor ta’kidladi, biroq xalqaro hamjamiyat endi mintaqada «etnik tozalash» sodir bo‘lmasligini ta’minlashi kerakligini aytdi», — deyiladi nashrda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘da saylovlar o‘tkazilgan va yangi rahbar tayinlangandi. O‘zbekiston TIV ham bu saylovlar yuzasidan munosabat bildirib, ushbu siyosiy jarayonlar tan olinmasligini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring