Pandemiya insoniyatni chorak asr ortga uloqtirib tashladi — Guterrish
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning fikricha, COVID-19 pandemiyasi ayrim masalalarda insoniyatni 25 yil ortga uloqtirib tashladi. Bosh kotib «Sky News» telekanaliga bergan intervyusida qashshoqlik, ochlikka qarshi kurashish kabi faoliyat yo‘nalishlari taqdiri savol ostida qolayotganini ta’kidladi.
Xavfli kasallikka qarshi kurashga yo‘naltirilgan resurslardan BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarida foydalangan ma’qul, deb hisoblaydi Antoniu Guterrish. Shundagina kelgusida ko‘proq inklyuzivlik (barchaga ta’lim olish uchun teng imkoniyat yaratilishi), tenglik, adolat va ekologik tozalikka erishish mumkin.
Moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan qashshoq mamlakatlarga ularning tashqi qarzlaridan voz kechish yoki yengillatish yordam berishi mumkin.
BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish dasturi qashshoqlikka barham berish, sayyoramiz resurslarini saqlab qolish va barcha uchun farovonlikni ta’minlash kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter