«O‘zsanoatqurilishbank» mijozlarga tushliksiz xizmat ko‘rsatadi

Mamlakatimizdagi bank-moliya muassasalari ichida «O‘zsanoatqurilishbank» birinchilardan bo‘lib, mijozlarga tezkor, sifatli va qulay bo‘lgan xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida tushliksiz faoliyat ko‘rsatish tizimiga o‘tdi. Bu haqda «Xalq so‘zi online» nashri xabar bermoqda.
Endilikda mijozlar ushbu bank orqali belgilagan ish soati vaqtida hech qanday to‘siqlarsiz bemalol bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Ma’lumki, so‘nggi paytlarda yurtimizda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish yanada kuchaydi. Chunki o‘tgan qisqa vaqt mobaynida ko‘plab me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, biznes faoliyatini boshlash istagidagilar tashabbusi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. «O‘zsanoatqurilishbank» joriy etgan bu yangilik ham mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadiga qaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter