Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank filiallararo operatsiyalarni yagona bank kodiga o‘tkazdi

O‘zsanoatqurilishbank filiallararo operatsiyalarni yagona bank kodiga o‘tkazdi

O‘zsanoatqurilishbank tizimidagi barcha filiallarni yagona bank kodiga o‘tkazish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

O‘zbekiston bank tizimida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini mijozga yo‘naltirilganlik tamoyili asosida qurish raqobat muhitining asosiy omillaridan biriga aylandi.

Shu bois O‘zsanoatqurilishbank tizimida Prezidentimizning 2020 yil 12 maydagi «2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqilib, ilg‘or bank biznesi faol o‘zlashtirilmoqda.

Xususan, filiallararo operatsiyalarni yagona bank kodiga o‘tkazish tizimida bankning biznes modeli qayta ko‘rib chiqildi.

Bek-ofisga tegishli funksiyalar markazlashtirildi. Bankning barcha filiallari Bank xizmatlari markaziga aylantirilib, faqatgina mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy bank ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Filiallararo operatsiyalar yagona bank kodiga o‘tkazildi.

Natijada, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda quyidagi qulayliklar yaratiladi:

– mijozlar bank hisobvarag‘i ochilgan joydan qat’i nazar, bankning istalgan nuqtasidan bank xizmatlarining to‘liq spektr xizmatlarini olish imkoni yaratiladi;
– bank mahsulotlari qatori kengaytirilib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni sezilarli darajada tezlashtiriladi;
– mijozlar tomonidan ularning bank tarmoqlaridagi har qanday boshqa hisobvaraqlariga to‘lovlari bank xizmat haqisiz o‘tkaziladi;
– mijozlar hisobraqamlarini istalgan hududdagi bank tarmog‘iga o‘tkazish va xizmat ko‘rsatishda bank rekvizitlari o‘zgarishsiz saqlab qolinishi qayd etildi;
– mijozga xizmat ko‘rsatilayotgan tarmoq vakillik hisob raqami holatidan qat’iy nazar, uning barcha turdagi to‘lovlari uzluksiz va to‘siqlarsiz amalga oshirilishi ta’minlanadi;
– mijozlarga yagona bank kodi tizimida xizmat ko‘rsatish bankning mobil ilovasi va masofaviy xizmat ko‘rsatish dasturlari orqali to‘lovlar va operatsiyalar uzluksiz holatda bajarilishi yuzaga keladi;
– front-ofis xodimlari tomonidan bank mijozlariga tezkor xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, ushbu bo‘limga tegishli barcha amaliyotlar bitta tizimda, ya’ni «Yagona oyna – CRM» dasturida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun: Yagona bank kodi – bu O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taqdim etilib, mijozning bank hisob raqami bo‘yicha majburiy rekviziti hisoblanadi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring