Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

«O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

«O‘zsanoatqurilishbank» faoliyatining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Bank Boshqaruvi a’zolari, aksiyadorlar hamda tegishli tarkibiy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda moliya sohasini izchil isloh qilish jarayonida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ilg‘or bank ishini yuritish va bu boradagi raqobat muhitini mustahkamlash uchun zarur huquqiy sharoitlar yaratildi.

Xususan, davlatimiz rahbari boshchiligida ishlab chiqilgan 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi tijorat banklari moliyaviy barqarorligini oshirishga, bozor tamoyillari asosida kreditlashni joriy etishga, banklarni ularga xos bo‘lmagan funksiyalardan ozod qilib, masofaviy xizmatlarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruv raisi S.Annaklichev ushbu strategiyaga asosan Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan transformatsiya jarayonlari, mijozlarga yo‘naltirilgan bank biznesi, muassasani xususiylashtirishga tayyorlash va investitsiya jozibadorligini oshirishda salmoqli natijalarga erishilganligini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, mazkur davrda bank sof foydasi 2020 yilga nisbatan 25 foizga  oshib, tijorat banklari orasida 1-o‘rinni egalladi. Bank aktivlarining rentabelligi 2 foizni, kapital rentabelligi 13,8 foizni tashkil qildi. Bank kapitali 1,15 barobarga, depozit bazasi esa 1,1 barobarga oshdi. Korporativ hamda kichik va o‘rta biznesga jami 17 trln. so‘mlik kreditlar ajratildi.

Bank aktivlarining rentabelligi 2 foizni, kapital rentabelligi 13,8 foizni tashkil qildi. Bank kapitali 1,15 barobarga, depozit bazasi 1,1 barobarga, foizsiz daromadlari esa 1,3 barobarga oshdi.

Hisobot yilida jami 17 trln. so‘m, jumladan, korporativ biznesga 11,8 trln. so‘m, kichik va o‘rta biznesga 3,4 trln. so‘m hamda chakana savdoni kreditlashga 1,6 trln. so‘m hajmida kreditlar ajratildi. Natijada 17200 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Bank faoliyatini mijozlarga yo‘naltirish maqsadida aholi uchun qator yangi xizmatlar joriy qilindi. Chakana mijozlar alohida segmentlarga ajratildi. Xorijga pul o‘tkazmalarini o‘tkazish uchun SWIFT GPI tizimi ishga tushirildi. Mijozlarga istalgan tarmoqdan xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida yagona MFO tizimini joriy qilish ishlari boshlab yuborildi. Bank xizmatlari markazlari soni 46 taga, smart-ofislar soni 97 taga yetkazildi.

Yig‘ilishda hisobot davrida Xalqaro moliya korporatsiyasining tajribali ekspertlari bilan hamkorlikda transformatsiya jarayonlarining uchinchi bosqichi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samarali kechgani aytib o‘tildi.

BIG DATA texnologiyasiga asoslangan DWH ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish tizimi ishga tushirildi.

Xavf darajasi yuqori bo‘lgan mijozlar uchun buxgalteriya hisobi yo‘lga qo‘yilgan.

Strukturalashtirilgan moliyalashtirish tizimi asosida korporativ mijozlarning 258 mln. dollarlik loyihalari moliyalashtirildi. Kichik va o‘rta biznes sub’yektlari uchun alohida ball tizimi joriy etildi.

Mijozlarga istalgan tarmoqdan xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida yagona MFO tizimini joriy qilish ishlari boshlab yuborildi. Xalqaro pul o‘tkazmalarining barcha turlari bankning yangi axborot tizimiga integratsiya qilindi. Bank xizmatlari markazlari soni 46 taga, smart-ofislar soni 97 taga yetkazildi.

2021 yilda xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlar yana bir malaka darajasiga ko‘tarildi.

Bankning o‘quv markazida 3216 nafar xodim kasbga yo‘naltirilgan 159 ta kursda o‘qitildi. 4 nafar xodim «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiyasiga ega bo‘ldi. Shuningdek, Sberbank korporativ universiteti bilan 25 ta modulli trening doirasida xodimlarni tayyorlash bo‘yicha memorandum imzolandi. Jamoa xodimlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida «SQB Kaizen Teams», «SQB Zakovat», «SQB bookchallenge», «SQB ayollar klubi» loyihalari ishi davom ettirildi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida SAP kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Moliyaviy texnologiyalar laboratoriyasida bankni avtomatlashtirish jarayonlarini yanada oshirish uchun dasturchilarni tayyorlash ishlari davom ettirilmoqda.

Tadbirda bankning 2021 yilgi yutuqlariga alohida to‘xtalindi.

Qayd qilinishicha, 2021 yilda O‘zsanoatqurilishbank faoliyati qator xalqaro baholovchi tashkilotlar va ekspertlar tomonidan bir necha bor e’tirof etilgan.

«Standard & Poor’s» va «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentliklari bankning xalqaro reytingini “VV –” darajasida tasdiqlagan.

CERT xalqaro standartlashtirish tashkiloti bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi tizimi yaratilgan.

Yashil banking sohasida atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan jami 90 mln. AQSh dollariga teng energiya tejovchi 105 ta loyiha moliyalashtirildi. Ekologik va ijtimoiy xavflarni boshqarish tizimi joriy etildi.

Muammoli kreditlarni undirish uchun «SOFT COLLECTION» tizimi ishga tushirildi.

Bundan tashqari, bank tomonidan Prezidentimizning 2021 yil 9 iyundagi «Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga asosan qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish maqsadida qator ishlar olib borildi. Bu borada Boston Consulting Group konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda sohani 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi, hududlarda qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha 13 markaz tashkil etildi.

Yig‘ilishda bankni xususiylashtirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar xususida ham axborot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 dekabrdagi «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankini xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida xususiylashtirish va transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Bankni xususiylashtirish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘l xaritasi asosida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, Bankning joriy yilga mo‘ljallangan rejalari ham muhokama etildi. Bunda 20dan ortiq masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring