Ozodbek Nazarbekov katta tashabbus bilan chiqdi
Endilikda Madaniyat vazirligi xodimlari odatdagi ish kunida o‘zbek milliy bosh kiyimi sanalgan do‘ppi kiyishadi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mazkur tashabbus orqali milliy an’analar targ‘ib etishda namuna ko‘rsatish maqsad qilinganini ta’kidladi.
«Do‘ppi, beqasam to‘n, shoyi belbog‘ kabi xalqimizning milliy liboslari bugungi kunda ham o‘z qadrini, bahosini yo‘qotmagan. Ana shu qadriyatlarga sadoqat bilan qarab, milliy an’analarni targ‘ib etish uchun yangi tashabbusni boshladik», — deydi vazir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter