Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zmilliybankning Namangan viloyat filialida qanday qulayliklar bor?

O‘zmilliybankning Namangan viloyat filialida qanday qulayliklar bor?

O‘tgan hafta O‘zmilliybank tomonidan Namangan viloyati bo‘ylab press-tur tashkil etildi. Dastlabki manzil — O‘zmilliybank Namangan viloyat filiali bo‘ldi.

Mazkur filial, shu kunga qadar Namangan viloyatining turli hududlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan, Namangan, Uychi, Uchqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida Bankning 4 ta filiali xizmat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa, Kosonsoy, Chust va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida 3 ta Bank xizmatlari markazlari (BXM) aholiga sifatli bank xizmatlarini taqdim etmoqda.

Mazkur filiallar va BXMlar tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan Namangan viloyatida katta maydonlarda intensiv bog‘lar, yirik sig‘imli zamonaviy muzlatgichlar, savdo va maishiy xizmat kursatish markazlari, umumiy ovkatlanish maskanlari tashkil topdi. Umumiy ma’noda oxirgi uch yilda viloyatda 30 dan oshiq yirik ishlab chiqarish loyihalari moliyalashtirildi.

O‘zmilliybank Namangan viloyati filiali tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar natijasida viloyatda 1500 dan ortiq fuqaro bandligi ta’minlangan.

Filialda jami 26 mingga yaqin xizmat ko‘rsatiladi. Shundan 14 mingdan ziyod jismoniy shaxslar bo‘lsa, 11 mingdan ko‘proq mijoz yuridik shaxslar hisoblanadi.

To‘lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida joylarda 21 ta bankomat, 18 ta infokioska, 2253 ta savdo terminallari dislokatsiya qilingan.

Bundan tashqari, aholiga valyuta amaliyotlarida qulayliklar yaratish maqsadida shaxar hududida 4 ta valyuta ayirboshlash shaxobchasi va 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi 1 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shaxobchasi (bankomat) shaxar va tuman fuqarolariga hamda tashrif buyurgan mehmonlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Bankning filialida zamonaviy innovatsion bank xizmatlari ko‘rsatilishiga alohida ahamiyat qaratilgan. Bank mijozlarining 21 foizi masofadan boshqariladigan bank xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Bunda hisobraqamlarda bank aylanmalarini amalga oshirish, on-layn kredit rasmiylashtirish yoki kredit qarzdorligini qoplash, xalqaro va milliy plastik kartochkalarda xar qanday bank amaliyotlari hamda to‘lovlarni amalga oshirish, omonat rasmiylashtirish amaliyotlari, xorijiy valyutalarda konversion amaliyotlar, pul o‘tkazmalari kabi bank xizmatlaridan masofadan foydalanish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring