Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zmilliybank AJ ko‘magida Namanganda zamonaviy klinika faoliyat yuritmoqda

O‘zmilliybank AJ ko‘magida Namanganda zamonaviy klinika faoliyat yuritmoqda

O‘zmilliybank AJ tomonidan o‘tgan hafta Namangan viloyatiga press-tur tashkil etildi. Jurnalistlar safar davomida «Doctor-A» MChJ faoliyati bilan tanishdilar.

Ta’kidlash joizki, «Doctor-A» klinikasi — zamonaviy, yuqori texnologiyali, kuchli diagnostika va davolash resurslariga ega, o‘z ishini biladigan va sevadigan malakali mutaxassislarni jamlagan tibbiy markaz hisoblanadi. Mazkur klinikada nevrologiya, endokrinologiya, ginekologiya, gastroyenterologiya, urologiya, otorinolaringologiya, stomatologiya, kardiojarrohlik sohalarida 30 dan ortiq malakali mutaxassislar dardiga shifo izlab murojaat qilgan insonlarga xizmat ko‘rsatadi, bir so‘z bilan aytganda, klinikada butun oila uchun keng turdagi tibbiy xizmat turlari ko‘rsatiladi.

Shuningdek, O‘zmilliybank tomonidan ajratilgan 1 million 363 ming AQSh dollari kredit mablag‘i hisobidan mazkur klinika tomonidan aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida uchun klinikada Gollandiya davlatidan MRT, raqamli rentgen, raqamli UZI apparati, LOR-kombayn kabi bir qator tibbiy asbob-uskunalar sotib olindi.

«Doctor-A» tibbiy markazining xizmatlaridan kuniga 400 ga yaqin bemor foydalanishi mumkin, shuningdek, 100 dan ortiq yotoqli statsionar poliklinika ham mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring