«O‘zmilliybank» o‘z infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirib bormoqda (foto)
«O‘zmilliybank» AJ Bektemir filiali mijozlarga qulaylik yaratish, aholini zamonaviy bank xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida o‘z infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirib bormoqda. Respublika hududlarida bank infratuzilmalari tarmog‘i kengaymoqda va bank filiallari zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlanmoqda.
«O‘zmilliybank» AJ Bektemir filialining barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Bektemir tuman hokimi, bank mas’ullari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bank binosi zamonaviy bank texnologiyalari, xususan, bankomatlar, infokiosklar bilan jihozlangan bo‘lib, bank xizmatlari iste’molchilariga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, bu borada aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda tijorat banklari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ayniqsa, aholiga qulay foizli kredit ajratish, sifatli bank xizmatlari ko‘rsatishda «O‘zmilliybank» AJ Bektemir filiali faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, «O‘zmilliybank» AJ Bektemir filiali 1999 yil 6 yanvarda 11 nafar ishchi xodimlar bilan ish boshlagan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 80 ta nafar professional mutaxassislar bilan viloyat aholisiga, xorijlik mehmonlarimiz va investorlarga hamda yirik tadbirkorlik sub’yektlariga o‘zlarining sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
Mazkur filial tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan tuman yirik to‘qimachilik fabrikalari, yirik sig‘imli zamonaviy muzlatgichlar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazlari, umumiy ovqatlanish maskanlari tashkil topdi. 2022 yil 1-yarim yillikda tarmoqlar bo‘yicha tahlil qilinganda, sanoat sohasida 450 milliard so‘mlik 10 ta loyiha, qishloq xo‘jaligida 47 milliard so‘mlik 3 ta loyiha, xizmat ko‘rsatishda 2,8 milliard so‘m 4 ta loyiha hamda boshqa sohalarda 116 milliard so‘m 110 ta loyiha amalga oshirilgan.
Ushbu tadbirkorlik sub’yektlariga kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida 1805 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Bugungi kunda filialda jami 44 ming 791 ta mijozga xizmat ko‘rsatiladi. Shundan 43 ming 926 ta jismoniy shaxslar va 865 ta yuridik shaxslar hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning jami depozit qo‘yilmalari 37,1 milliard so‘mni tashkil etadi. To‘lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida joylarda 8 ta bankomat, 380 ta savdo terminallari dislokatsiya qilingan.
Bundan tashqari, aholiga valyuta amaliyotlarida qulayliklar yaratish maqsadida filialga tegishli 1 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi va 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi 1 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchasi (bankomat) shaxar va tuman fuqarolariga hamda tashrif buyurgan mehmonlarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Bank filialida zamonaviy innovatsion bank xizmatlari ko‘rsatilishiga alohida ahamiyat qaratilgan. Bank mijozlarining 65 foizi masofadan boshqariladigan bank xizmatlaridan foydalanmoqda.
Bunda hisob raqamlarda bank aylanmalarini amalga oshirish, onlayn kredit rasmiylashtirish yoki kredit qarzdorligini qoplash, xalqaro va milliy plastik kartochkalarda xar qanday bank amaliyotlari hamda to‘lovlarni amalga oshirish, omonat rasmiylashtirish amaliyotlari, xorijiy valyutalarda konversion amaliyotlar, pul o‘tkazmalari kabi bank xizmatlaridan masofadan foydalanish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter