Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» homiyligida tennis bo‘yicha Markaziy Osiyo turniri bo‘lib o‘tdi

«O‘zmilliybank» homiyligida tennis bo‘yicha Markaziy Osiyo turniri bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda ilk bor U-12, U-14, U-16 yosh toifalari o‘rtasida katta tennis bo‘yicha JWTS seriyasiga kiruvchi Markaziy Osiyo turniri bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtimizning iste’dodli yosh raketka ustalari qatori Qozog‘iston va Pokiston mamlakatlarining tennischilari qatnashdi. Turnirda ishtirokchilar sovrinli o‘rinlar bilan birgalikda Ispaniyada o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritish uchun har tomonlama murosasiz bahslarni olib borishdi. Bir so‘z bilan aytganda, Ispaniya kortlarida o‘tadigan mashg‘ulotlarga yo‘l Toshkent maydonlaridan boshlandi.

«O‘zmilliybank» AJ homiyligida tashkil etilib, 2 hafta davom etgan xalqaro turnirning 1 tur baxslarida 50 nafardan ortiq sportchilar qatnashgan bo‘lsa, 2 turda esa 70 nafardan ortiq atletlar g‘oliblik uchun kortga tushishdi. O‘smir yoshlar o‘rtasida O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etilgan Markaziy Osiyo seriyasiga kiruvchi baxslar shiddatli tus oldi. Unga ko‘ra, 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bellashuvlarida birinchi o‘rinni Saidamir Ikromov, ikkinchi o‘rinni Kamron Ikromov, uchinchi o‘rinni esa Mahmud Beknazarovlar qo‘lga kiritishdi. 14 yoshgacha bo‘lgan sportchilar baxslarida esa Ahmadjon Toshmuhammedov, Suxrob Saidov, Alan Zinnatullinlar mos ravishda g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egallashdi.

— Bizda birinchi marta JWTS loyihasi Germaniya bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyiha markaziy Osiyoda tennisni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan, — dedi O‘zbekiston Tennis Federatsiyasining bosh kotibi Iroda To‘laganova. — Bu musobaqalar markaziy Osiyo sportchilari uchun juda muhim. Musobaqa tennischilarga Yevropaga chiqish imkonini beradi. Bilamizki, Yevropa va Amerika tennis maktabi kuchli. Bu aloqalar esa sportchilar mahoratlarini ortishiga yordam beradi. Musobaqalar o‘g‘il qizlar uchun katta imkoniyatlarni taqdim etganligi sababli ham barcha katti ishtiyoq bilan g‘oliblik uchun baxslarga kirishdi. Shu o‘rinda tennisni rivojlantirishda va musobaqalarni tashkil etishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan «O‘zmilliybank » AJ ga minnatdorlik bildirmoqchiman .

Shiddatli o‘yinlar natijasida 12 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida hamyurtimiz Saidamir Ikramov, qizlar o‘rtasida Muslima Turdimurodova, 14 yoshlilar o‘rtasida Axmadjon Toshmuhammedov va Nigina Alimova, 16 yoshlilar orasida Sarvar Azamatov va Samira Xaziyeva g‘oliblik shoxsupasiga chiqishdi.

Bahslarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan raketka ustalari O‘zbekiston tennis federatsiyasi hamda tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring