«O‘zmilliybank» AJ bir qator mulklarni sotuvga qo‘ymoqda
![«O‘zmilliybank» AJ bir qator mulklarni sotuvga qo‘ymoqda](https://static.xabaruz.com/crop/3/0/720_460_95_3059599327.jpg)
«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» Aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Sherobod textile invest» MChJ va «SOUTH SHINGDONG GROUP» MChJga tegishli mulklarga salohiyatli investorlarni hamkorlikka chorlaydi.
«O‘zmilliybank» AJ quyidagi mulklarni «E-Auksion» elektron savdo platformasi orqali sotuvga qo‘ymoqda:
«Sherobod textile invest» MChJga tegishli Sherobod tumani, Seplon QFY, G‘o‘rin-gilambop mahallasida joylashgan «Ip kalava, trikotaj mato va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chikarishga ixtisoslashtirilgan tekstil korxonasi» (baholangan qiymati – 7 489 446 AQSh dollari);
«Sherobod textile invest» MChJga tegishli Sherobod tumani, Seplon QFY, G‘o‘rin-gilambop mahallasida joylashgan ip-kalava, trikotaj mato ishlab chiqarish uskunalari (baholangan qiymati – 10 906 523 AQSh dollari);
«SOUTH SHINGDONG GROUP» MChJga tegishli Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Shimoliy darvoza (Soatov) 11-uy manzilida joylashgan 2 qavatli ishlab chiqarish binosi (baholangan qiymati – 430 000 AQSh dollari);
«GO‘ZAL» XKga tegishli bo‘lgan Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 19-uy manzlilida joylashgan 3 qavatli yerto‘lali maishiy ishlab chiqarish binosi (baholangan qiymati – 400 000 AQSh dollari);
«SOUTH SHINGDONG GROUP» MChJga tegishli Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 41»p» manzilgohda joylashgan 2 qavatli pivo zavodi, go‘shtxona, savdo do‘koni va omborxona binolari (baholangan qiymati – 2 000 000 AQSh dollari) ;
Majmua va bino-inshootlarning boshlang‘ich narxi jami 21 225 969 AQSh dollaridan iborat.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
+99899 748-86-86, +99878 147-15-73, +99893 106-13-55, (78)147-15-70.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter