Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zkomnazorat» rahbari ishdan olindi

«O‘zkomnazorat» rahbari ishdan olindi

Telegram, YouTube va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sababsiz bloklanishi ortidan «O‘zkomnazorat» rahbari ishdan olindi.

O‘zbekiston Bosh vazirining qaroriga asosan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev noto‘g‘ri va kelishilmagan hatti-harakatlari uchun egallab turgan vazifasidan chetlatildi.

«Hukumat ko‘rsatmasiga asosan «O‘zkomnazorat» tomonidan bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilgan harakati haqida Prezident xabar topdilar. O‘ylaymanki, tez orada barcha tarmoqlarga ulanish tiklanadi», deyilgan edi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov biroz avval bergan bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring