IIV ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ogohlantirdi
Ichki ishlar vazirligining qayd etishicha, oxirgi paytlarda Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ayrim shaxslar fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni (fotosurati, ismi, sharifi, telefoni, manzili va boshqalar) to‘plashga harakat qilish holatlari kuzatilgan.
Ularning bundan maqsadi keyinchalik ushbu ma’lumotlarni foydalanuvchilarning sha’ni va obro‘siga putur yetkazuvchi «post»lar ko‘rinishida tarqatmaslik evaziga pul mablag‘larini undirish ekanligi ta’kidlanadi.
IIV ma’lumotiga ko‘ra, bunday kanallarning bir nechtasi aniqlangan bo‘lib, ularning yurituvchilari xorijdan turib faoliyat olib bormoqda va hozircha ushbu kanallarni bloklashning iloji yo‘q.
Vazirlik fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlarda qo‘ymaslikni va begona guruhlarda tarqatmaslikni so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter