Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet»: hafta oxiriga borib havo isib ketadi

«O‘zgidromet»: hafta oxiriga borib havo isib ketadi

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 
 
O‘tgan hafta davomida Volga bo‘yi hududlaridan antitsiklon hisobiga kirib kelgan salqin havo asta-sekin kuchsizlanadi. Salqin havo sharqqa, Qozog‘iston hududi tomonga qarab chekinadi.
 
Bugun O‘zbekistonda harorat 27-32° bo‘lgan quruq va nisbatan salqin havo bo‘lishi kutilmoqda.
 
Ertaga va haftaning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va yerta tongda havo 12-15° atrofida salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni isitadi va harorat seshanba kuni 29-34° dan - hafta oxiriga kelib 32-37° gacha asta-sekin ko‘tariladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring