«O‘zgidromet» ob-havo harorati tushib ketishi mumkinligini aytdi
Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga, 25-26 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda.
24-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 25-fevralda respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
24-25-fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
25-26-fevralda harorat kechalari 0-5 sovuqgacha, respublika shimolida 5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqgacha qisqa muddatga pasayishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter