Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ob-havo harorati yana ko‘tariladi — «O‘zgidromet»

Ob-havo harorati yana ko‘tariladi — «O‘zgidromet»

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududida oxirgi ikki kun ichida boshlangan harorat ko‘tarilishi davom yetadi. O‘tgan haftaning oxiri va ushbu haftaning boshida havo harorati 3-5° ga pasayishi bilan O‘zbekiston aholisini xursand qilgan salqin havo o‘rniga issiq havo massasi kirib keladi.

Kecha tushdan keyin kunduz kungi havo harorati o‘zining me’yoriy qiymatlariga yetdi, bugun va dam olish kunlarida esa kunduz kunlari havo 36-38° gacha isiydi. Kechalari harorat ko‘tariladi, yakshanba kuniga kelib, harorat 20-22° qiymatiga yetadi. Dam olish kunlarida harorat me’yordan 2-4° ga yuqori bo‘ladi.

Bugun va dam olish kunlari respublikaning barcha tekislik hududida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. SHamol tezligi birozdan o‘rtachagacha bo‘ladi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring