Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeologiya markazi 25-27-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini ma’lum qildi. 

26-mart kuni joylarda havo harorati +30°S gacha ko‘tariladi.

Turkmaniston orqali kirib kelayotgan iliq havo oqimlari keyinroq janubdan siklon kelishi, g‘arbdan esa nam havo oqimi partiyalarini O‘zbekistonga chaqirishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26-27-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 25-26-mart kunlari ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-martda kechasi 5–10, kunduzi 20-25 darajada iliq, 26-martda kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq, 27-martda kechasi 5-10, kunduzi 15-20 darajada iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26-27 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 25-26-martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 martda kechasi 9-14, kunduzi 23-28 daraja iliq, 26 martda kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq, 27 martda kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26-martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-martda kechasi 8-13, kunduzi 20-25 daraja iliq, 26-martda kechasi 8-13, iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq, 27-martda kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26-27-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26-martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-martda kechasi 8-13, kunduzi 20-25 daraja iliq, 26-martda kechasi 8-13, kunduzi 23-28 daraja iliq, 27-martda kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26-27-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26-martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25 martda kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq, 26-martda kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja iliq, 27 martda kechasi 13-18, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 25-martda kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq, 26-27-martda kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring