«O‘zgidromet»: boshlangan haftada qulay ob-havo kuzatiladi
Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Shanba va yakshanba kunlari hududimizga Rossiyaning Yevropa hududidan sovuq va nam havo massalari kirib keldi. Dam olish kunlari respublikamiz bo‘yicha birinchi kuz yomg‘iri yog‘di va haroratning sezilarli darajada pasayishi kuzatildi.
Bugun va ertaga respublikamiz sovuq antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Sovuq havo asosan tungi haroratga ta’sir qilib, 2-5° iliqni tashkil etadi. Kunduz kuni quyosh havoni 18-20° iliqqacha isitadi.
Hafta o‘rtasidan havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va oktabr oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlarga yetadi. Havo harorati kechalari 6-9° iliq, kunduz kunlari 20-23° iliq atrofida, janubda 25° iliqqacha bo‘ladi.
Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli bo‘ladi. 12-13-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter