«O‘zbekko‘mir» AJni boshqarish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi
«O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, «ProgressGorTex» MChJ (Rossiya Federatsiyasi) sho‘ba xo‘jalik jamiyati-ishonchli boshqaruvchi O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «O‘zbekko‘mir» AJ ustav kapitalidagi 45 % aksiyalari paketining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etiladi.
Shuningdek qaror bilan, «O‘zbekko‘mir» AJga istisno tariqasida, aksiyalarni ishonchli boshqaruvga topshirilishiga qadar, «ProgressGorTex» MChJ bilan kelishgan holda tegishli ravishda ekspertizadan o‘tkazilgan kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalarni tender savdolari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.
Endilikda, ko‘mirlar narxi operatsion sarflar, kapital xarajatlar va 10 foizdan kam bo‘lmagan rentabellik darajasi asosida shakllantiriladi, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari qayta ko‘rib chiqilishi bilan uyg‘un ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 mart kuni ko‘mir qazib olish tarmog‘ini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgandi. Unda «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatini professional tashqi boshqaruvga berilishi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter