Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi yangi bosh konsuli tayinlandi

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi yangi bosh konsuli tayinlandi

Abdurahmon Mahmudov O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi yangi bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

37 yoshli diplomat Namangan davlat universiteti (bakalavr) va Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura)ni tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida, TIV tuzilmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2019-2023 yillarda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasida birinchi kotib, so‘ngra maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Abdurahmon Mahmudov 2019-yildan 2024-yilgacha Sankt-Peterburgdagi Bosh konsullikni boshqargan Alisher Babayev o‘rniga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Bosh konsullikning konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoli-G‘arbiy mintaqalari kiradi. Bular quyidagi 11 ta hududlar: Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Arxangelsk viloyati, Vologda viloyati, Kaliningrad viloyati, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri va Nenets avtonom okrugi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring