Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning sakkiz hududida zilzila qayd etildi

O‘zbekistonning sakkiz hududida zilzila qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 10 noyabr kuni  Toshkent vaqti bilan 19:37 daTojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila koordinatalari: 38,8 gradus shimoliy kenglik; 70,52 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,2. Chuqurlik 183 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 296 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Toshkent : 296 km, 2 ball.
Namangan : 263 km, 2 ball.
Andijon : 270 km, 2 ball.
Farg‘ona : 207 km, 2 ball.
Guliston : 240 km, 2 ball.
Jizzax : 272 km, 2 ball.
Samarqand : 321 km, 2 ball.
Termiz : 334 km, 2 ball.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring