Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning oltita universiteti AKT bazasida intellektual transport tizimlari laboratoriyalari yaratiladi

O‘zbekistonning oltita universiteti AKT bazasida intellektual transport tizimlari laboratoriyalari yaratiladi

Seminar ishtirokchilari.

Foto: «Tuit.uz»

12-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yevropa ittifoqining ERASMUS+ dasturi «Intellektual transport tizimlari: AKTga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura dasturi» loyihasi doirasida seminar boshlandi.

Seminar doirasida xorij universitetlari tajribalari o‘rganilib, bu sohada O‘zbekistondagi holat yuzasidan dastur koordinatorlari va dasturning bajaruvchi oliy ta’lim muassasalari ma’lumot beradilar.

Loyiha Polsha, Avstriya, Slovakiyaning ko‘zga ko‘ringan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bo‘lib, unda O‘zbekistondan olti oliy o‘quv yurti va to‘rtta noakademik korxona qatnashmoqda.

Loyihaning asosiy vazifalari:

  • Intellektual transport tizimi (ITT) bo‘yicha yangi magistratura dasturini ishlab chiqish.
  • O‘zbekiston universitetlarining ITT bo‘yicha salohiyatini oshirish.
  • O‘zbekistonning oltita universiteti AKT bazasida ITT laboratoriyalarini yaratish.
  • Universitetlar va jamoat tashkilotlari /muassasalari/ korxonalari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish.

Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar:

  • O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari uchun ITT sohasida yangi magistratura dasturini yaratish.
  • O‘zbekiston universitetlari uchun Yevropa Ittifoqi standartlariga javob beradigan 12 ta kursdan iborat fanlar o‘quv majmuasini ishlab chiqish.
  • ITT sohasida tajribalar o‘tkazish uchun zarur zamonaviy vositalar bilan jihozlangan oltita o‘quv-tajriba laboratoriyalarini ochish.

Seminarda Polshaning Gdansk texnologiyalar universiteti, Avstriyaning Alpen-Adria Klagenfurt universiteti, Slovakiyaning Jilina universitetidan hamda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan 40 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ishtirok etishyapti. Seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring