Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning «Humo» to‘lov tizimi «MasterCard»ga ulanishi mumkin

O‘zbekistonning «Humo» to‘lov tizimi «MasterCard»ga ulanishi mumkin

Foto: MB matbuot xizmati

Joriy yilning 27-mart kuni Markaziy bankda «MasterCard Europe» vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish doirasida o‘zaro hamkorlik, shuningdek, xalqaro to‘lov kartalaridan foydalanishni ta’minlash maqsadida «Humo» milliy to‘lov tizimining imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Ta’kidlanishicha, uchrashuv yakunida tomonlar Markaziy bank va «MasterCard Europe» o‘rtasida chora-tadbirlar protokolini imzoladilar. Hujjatda o‘zaro aloqalarni va hamkorlikni kengaytirish maqsadida «Humo» to‘lov tizimi tarmog‘ida to‘lov vositalarini qabul qilish sohasi va infratuzilmasini rivojlantirish, yaratilgan to‘lov infratuzilmasida «MasterCard» kartalarining foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston aholisining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha birgalikda tadbirlar o‘tkazi borish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston  fuqarolarining xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda «MasterCard» to‘lov vositalaridan foydalangan holda «Humo» to‘lov kartalari imkoniyatlarini kengaytirish istagini bildirdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring