O‘zbekistonning chetga gilam eksporti tushib ketdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022yilning yanvar-fevral oylarida 10 ta davlatga qiymati 4,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.
Gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 mln AQSh dollariga kam.
2022-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:
— Qirg‘iz R. – 2,3 mln. dollar
— Ozarbayjon – 744 ming dollar
— Rossiya – 470 ming dollar
— Afg‘oniston – 254 ming dollar
— Qozog‘iston – 141 ming dollar
— AQSh – 128 ming dollar
— Tojikiston – 40 ming dollar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter