Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston chetga gilam sotishni keskin ko‘paytirdi

O‘zbekiston chetga gilam sotishni keskin ko‘paytirdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 16,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

 Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 6,3 mln. AQSh dollariga ko‘p.

2021-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:

- Qirg‘iz R. – 4,9 mln.
- Ozarbayjon – 3,7 mln.
- Afg‘oniston – 2,4 mln.
- Rossiya – 1,9 mln.
-  Saudiya Arabistoni – 1,5 mln.
- Qozog‘iston – 1,3 mln.
- Tojikiston – 288,3 ming
- AQSh – 169,3 ming
- Ukraina – 141,9 ming
- Turkiya – 114,7 ming AQSh dollari

O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-iyun oylarida 15 ta xorijiy davlatlarga gilam eksport qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring