O‘zbekiston bir oyda 1,7 mln. dollarlik gilam eksport qildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021-yilning yanvar oyida qiymati 1,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 174,3 ming AQSh dollariga ko‘p.
2021-yilning yanvar oyida O‘zbekiston gilam eksport qilgan davlatlar:
- Qirg‘iz R. – 689,7 ming
- Ozarbayjon – 598,6 ming
- Afg‘oniston – 490,1 ming
- Rossiya – 260,9 ming
- Qozog‘iston – 242,7 ming
- AQSh – 60,3 ming
- Tojikiston – 53,7 ming
- Xitoy – 18,9 ming
- Koreya – 10,6 ming AQSh dollari
2021-yilning yanvar oyida 2020-yilning mos davriga nisbatan O‘zbekistonning Xitoyga gilam eksporti 103,7 ming AQSh dollariga kamaygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter