O‘zbekistonning bosh archasi Toshkentning qayerida o‘rnatilgani aytildi
Toshkent shahar hokimligi poytaxtda yangi yil archalar o‘rnatiladigan manzillar ro‘yxatini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yangi milodiy sana arafasida va undan keyin poytaxtning har bir tumanidagi maydon hamda bog‘larda archalar o‘rnatiladi.
O‘zbekistonning bosh archasi Yunusobod tumani Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldidagi maydonda o‘rnatiladi.
Shuningdek:
Shayxontohur tumani:
- «Navro‘z» bog‘i, «Anhor-Lokomotiv» istirohat bog‘i yonida
- Tashkent city bog‘i
Mirzo Ulug‘bek tumani:
- Central Park (sobiq Telman) bog‘i
- «Yangi O‘zbekiston» bog‘i
- «Lokomotiv» bog‘i
Chilonzor tumani:
- G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
- «Humo Arena» muz saroyi oldidagi maydon
- Magic City bog‘i
Mirobod tumani:
- Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
Bektemir tumani:
- Food City savdo majmuasi oldidagi maydon
Sergeli tumani:
- «Markaziy xiyobon» bog‘i
Yangihayot tumani:
- Index savdo majmuasi.
Olmazor tumani:
- «Beruniy» metro bekati yaqinidagi maydon
Uchtepa tumani:
- «Seul eko» bog‘i
Yakkasaroy tumani:
- «NEXT» ko‘ngilochar-savdo markazi
Yashnobod tumani:
- Ashxobod bog‘i
- «Aviasozlar» saroyi oldidagi maydon.
Bayram dasturlari poytaxt hududlarida 25-dekabrdan 5-yanvargacha bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter