O‘zbekistonliklar olti oyda 6,3 mln marta «Tez yordam» chaqirgan
2023-yilning o‘tgan olti oyi davomida «103» xizmatiga kelib tushgan chaqiriqlar soni jami 6 million 337 ming 764 tani tashkil etgan.
SSV bergan ma’lumotga ko‘ra, shundan 432 764 nafar katta yoshli, 155 978 nafar kichik yoshli bemorlar shifoxonalarga gospitalizatsiya qilingan.
Eng ko‘p murojaatlar Farg‘ona (697,2 ming) va Andijon (640,3 ming) viloyatlari hamda Toshkent shahri (624,4 ming)da kuzatilgan.
«Tez yordam»ga eng kam chaqiriqlar esa Navoiy (199 ming), Sirdaryo (232,7 ming) va Jizzax (248,7 ming) viloyatlarida kuzatildi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan 2022-yil tez tibbiy yordam xizmatiga jami 13 million 22 ming 162 ta chaqiriq kelib tushgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter