O‘zbekistonliklar 3 oyda xorijdan 2,5 mlrd dollar ishlab jo‘natgan
Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy bank Raisi ishtirokidagi matbuot anjumanida, jumladan, transchegaraviy pul o‘tkazmalari haqida ham ma’lumot berildi.
Mamarizo Nurmuratovning ma’lum qilishicha, joriy yilning birinchi choragida an’anaviy davlatlardan (ayrim iqtisodchilar Rossiya va Qozog‘iston nazarda tutilganini yozishmoqda) pul o‘tkazmalari qisqarishi davom etmoqda. O‘z navbatida, boshqa mamlakatlardan kelayotgan pul o‘tkazmalarining esa oshishi kuzatilyapti.
«Birinchi chorakda kiruvchi pul o‘tkazmalari miqdori 2,5 mlrd dollarni tashkil etdi, Rosssiyaning ulushi 68 foizgacha tushgan. O‘tgan yilning birinchi choragida kiruvchi pul o‘tkazmalari 2,3 mlrd dollarni tashkil etgandi», – deydi Markaziy bank raisi M.Nurmuratov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter