Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar 2022-yilda «ko‘p go‘sht yeb yubormoqda»

O‘zbekistonliklar 2022-yilda «ko‘p go‘sht yeb yubormoqda»

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga 7 ta davlatdan qiymati 26,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 5,9 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan.

Qoramol go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eng ko‘p qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar quyidagilar bo‘lib, umumiy qoramol go‘shti importi hajmining 93 foizi aynan ular hissasiga to‘g‘ri kelgan:

- Belarus – 4 ming tonna
- Qozog‘iston – 1,2 ming tonna
- Ukraina – 320 tonna

Statqo‘m avvalroq limon eksporti bo‘yicha ma’lumot bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring