Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik MMAchi jangda olgan jarohatidan keyin vafot etdi

O‘zbekistonlik MMAchi jangda olgan jarohatidan keyin vafot etdi

Bekzod Nurmatov

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Bekzod Nurmatov Chechenistonning Grozniy shahrida o‘tkazilgan ACA 100 musobaqasidan so‘ng vafot etgan.

4-oktyabr kuni Nurmatov shu musobaqada mezbon Beslan Isayevga qarshi oktagonga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra yutqazgandi.

Hozircha uning o‘limi sababi ma’lum emas. Xabarlarga ko‘ra, sportchi miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etgan bo‘lishi mumkin.

«Xabar.uz» tahririyati sportchining oilasi va yaqinlariga hamdardlik izhor qiladi.


Ma’lumot uchun, Bekzod Nurmatov MMA’dagi faoliyatini 2016 yilning dekabr oyida boshlagan. U respublika mudofaa tizimi vakili — kursant bo‘lgan. Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionligini ham qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring